Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya fuqarosini sababsiz kaltaklagan buxorolik cho‘ponlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Turkiya fuqarosini sababsiz kaltaklagan buxorolik cho‘ponlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Jondor tuman IIB

Buxorolik ikki cho‘pon mast holatda Turkiya Respublikasi fuqarosi boshqaruvidagi avtomashinaga tosh otib to‘xtatib, haydovchini qasddan urib, bezorilik qilgani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Jondor tuman IIB katta tergovchisi H.Qahhorov ma’lum qildi.

Foto: Jondor tuman IIB

Aniqlanishicha, Turkiyaning «Nedim Lojistik» shirkati haydovchisi Demir Musa o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Mersedes Bens» rusumli avtomashinani xalqaro ahamiyatdagi M-37 avtomobil yo‘li bo‘ylab, «Samarqand-Turkmaniston» yo‘nalishi tomon harakatlanib borgan. Yo‘lning Jondor tuman Qozikenti mahallasi hududidan o‘tuvchi 303 km.ga yetganida J.Gulmurod (1988 y.t.) avtomashinaga tosh otib, old oynasiga shikast yetkazadi. Kutilmagan holat sabab Demir Musa avtomashinasini yo‘lning o‘ng tomon chekkasida to‘xtatadi. Shundan so‘ng J.Gulmurod o‘zining cho‘pon sherigi R.Jo‘rabek (1989 y.t.) jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, haydovchini qasddan urishadi.

Foto: Jondor tuman IIB

Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi («Bezorilik») tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikkovlon qo‘lga olingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring