Tungi klubda yuz bergan janjalda 27 yoshli yigit vafot etdi
Namangan viloyati Uychi tumanidagi tungi klubda sodir bo‘lgan janjal oqibatida 27 yoshli yigit vafot etdi.
7 yanvar kuni soat 05:00 larda tumanning «Mustaqillik» istirohat bog‘i ichida joylashgan tungi klubda 2002 yilda tug‘ilgan S.M. 1996 yilda tug‘ilgan tanishi M.A. bilan o‘zaro janjallashib qolgan va qo‘li bilan bir marotaba yuziga urgan. Yiqilganidan so‘ng oyog‘i bilan ikki marotaba bosh qismiga tepib, og‘ir tan jarohati yetkazgan va hodisa joyidan yashiringan.
27 yoshli M.A. fuqaro S.A. tomonidan tuman markaziy shifoxonasiga olib kelingan. Tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan shu kuni Uychi tumani IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter