Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga olib kelinayotgan 160 kg go‘sht to‘xtatib qolindi

Toshkentga olib kelinayotgan 160 kg go‘sht to‘xtatib qolindi

Foto: IIV

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida «Buxoro-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Sh.Sh. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatiladi.

Avtomobil Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mas’ul xodimlar tomonidan tekshirilganda,  uning yukxonasida 160 kg. yirik shoxli qoramol go‘shtini Vazirlar Mahkamasining 386-son qarori talablarini buzgan holda (veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda tashish) Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimi tomonidan fuqaro Sh.Sh.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109-moddasiga asosan (veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish) ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatilishicha, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan transportning poli va idishlar silliq, tozalash va dezinfeksiya qilish uchun qulay bo‘lishi, mahsulot sifati va iste’molchilar salomatligiga ta’sir ko‘rsatmaydigan materiallardan yasalgan bo‘lishi kerak. Barcha toifadagi hayvonlar so‘yilganidan so‘ng ularning go‘shti va boshqa mahsulotlarini veterinar ekspertizadan o‘tkazilishi shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring