Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga jo‘natilayotgan tonnalab xavfli go‘sht to‘xtatib qolindi

Toshkentga jo‘natilayotgan tonnalab xavfli go‘sht to‘xtatib qolindi

Toshkentga kelayotgan 3 tonna xavfli tovuq go‘shti to‘xtatib qolindi.

Buxoro—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi «Samarqand» YPX maskanida to‘xtatilganda unda iste’mol mahsulotlarini tashish qoidalariga zid holda tashib kelinayotgan 3 tonna tovuq go‘shti borligi ma’lum bo‘ldi.

Mahsulot tekshirish uchun laboratoriyaga jo‘natilganda, tovuq go‘shtlarining iste’molga yaroqsizligi aniqlangan.

Mazkur iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti sotish uchun Toshkent shahriga olib borilayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring