Toshkentdan Mumbayga uchgan samolyot majburan Samarqandga qo‘ndi: bir yo‘lovchida yurak xuruji ro‘y berdi
Toshkent — Mumbay reysidagi samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Samarqandga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «O‘zbekiston havo yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent-Mumbay yo‘nalishidagi reys (HY-427) 16-noyabr kuni soat 00:05da Toshkent aeroportidan parvoz qilgan. Samolyot Afg‘oniston hududiga yetganida, yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qila boshlagan. Yo‘lovchining ahvolini baholagan ekipaj ortga qaytgan va yo‘lovchini yirik shaharlardan biridagi eng yaqin aeroportga yetkazishga qaror qilgan.
Samarqand yaqinligi va yo‘lovchini qabul qilishi mumkin bo‘lgan tibbiy muassasalarga egaligi uchun eng optimal variant sifatida ushbu shahar tanlangan.
Yo‘lovchi yurak xuruji bilan kasalxonaga yotqizilgan. Samolyot esa parvozni davom ettirib, Mumbayga biroz kechikish bilan yetib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter