Toshkentdagi tungi klubda janjal: qurbon ham bor
28-oktyabr kuni taxminan soat 21:00larda 24 yoshli va 30 yoshli ikki fuqaro Chilonzor tumanida joylashgan “Ugolok” kafesida kechgi taom bilan spirtli ichimlik iste’mol qilishgan.
Shu vaqt mobaynida ulardan biri mastlikda sho‘xliq qilishgan va kafe qo‘riqchilarining e’tiroziga sababchi bo‘lgan. Natijada o‘rtada nizo kelib chiqqan.
So‘ng, ular kelishib olish uchun kafedan tashqariga chiqib, mushtlashishgan. Mushtlashuv oqibatida mijozlardan biri jarohat olgan. U sherigi bilan taksiga chiqqan, biroq hech qancha yurmasdan, o‘rtog‘ining mazasi bo‘lmayotgani uchun avtomobildan tushgan.
Chilonzor tumaniga qarashli “tez yordam” xodimlari Murod A.ni tasodifan ko‘rib qolib, kasalxonaga olib ketayotgan vaqtda u vafot etgan.
Fuqaroning o‘limi bo‘yicha olingan dastlabki sud tibbiy tashxisiga ko‘ra, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi va spirtli ichimlikdan zaharlanish holatlari aniqlangan va hech qanday tan jarohati alomatlari yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Hozirda ushbu holat Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Chilonzor tumani IIO FMB kafe qo‘riqchilariga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi “b” bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter