Toshkentdagi pichoqbozlik haqida IIBB rasmiy ma’lumot berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida ommaviy pichoqbozlik bo‘lganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB bu xabar haqiqatdan yiroq ekaninin qayd etib, tekshiruv jarayonida quyidagilar aniqlanganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni taxminan soat 20.00 larda 1988 yilda tug‘ilgan X.Q. va 1993 yilda tug‘ilgan A.N. o‘rtasida qarz masalasida o‘zaro kelishmovchilik bo‘lganligi sababli Chilonzor tumanining 20-mavzesida gaplashib olish uchun uchrashishgan.
Orada nizo kelib chiqqanligi sababli X.Q. tomonidan A.N.ga o‘tkir tig‘li jism bilan bir marotaba jarohat yetkazilgan, natijada A.N. «Ko‘krak qafasi chap tomonlama kesilgan, sanchilgan» jarohati bilan tez-tibbiy yordam muassasasiga olib borilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamdan so‘ng A.N. shu kunning o‘zida hech kimga da’vosi yo‘qligini ma’lum qilib, shifoxonadan chiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter