Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi mushtlashuv bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentdagi mushtlashuv bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahrida sodir bo‘lgan janjal oqibatida aka-uka kasalxonaga yotqizildi.

Joriy yilning 26 mart kuni taxminan soat 23.00 larda voyaga yetmagan 2005 yilda tug‘ilgan Bahodir F. do‘stlari bilan Sergeli tumanida futbol o‘ynayotgan vaqtida, 2002 yilda tug‘ilgan Jasur R. va 2003 yilda tug‘ilgan Fazliddin M.lar ularga shovqin solmasligini aytib, e’tiroz bildirgan. Natijada ular o‘rtasida og‘zaki janjal boshlangan va shu atrofdan o‘tib ketayotgan fuqarolar ularni ajratgan.

Oradan bir oz vaqt o‘tib, taxminan soat 23.30 larda Baxodir F. va uning akasi 2001 yilda tug‘ilgan Baxtiyor R. Mirobod tumani Qo‘yliq-4 mavzesida Jasur R., Fazliddin M., 2002 yilda tug‘ilgan Ulug‘bek M., 2004 yilda tug‘ilgan Abror N. bilan janjallashgan. Natijada, Baxodir F. «Chap kaft sohasi kesilgan jarohati, bosh sohasi shilinmasi» tashxisi bilan, Baxtiyor R. «BMYoJ, burun suyagi sinishi, yuz sohasi yirtilgan jarohati» tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring