Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi kafeda xitoylik fuqaro ayolni bolalar oldida kaltakladi

Toshkentdagi kafeda xitoylik fuqaro ayolni bolalar oldida kaltakladi

Foto: Tergov departamenti

Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanining birida janjal oqibatida bir fuqaro jarohat oldi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, joriy yilning 6 yanvar kuni soat 18:00larda 39 yoshli Xitoy davlati fuqarosi S.W. mazkur umumiy ovqatlanish maskanida oila a’zolari bilan ovqatlanib o‘tirgan 36 yoshli K.D. bilan kelib chiqqan o‘zaro tortishuv natijasida, uning bosh qismiga musht tushirib, tan jarohati yetkazgani aniqlangan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida K.D.da yengil turdagi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.W. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, S.W. hamda K.D.lar kafeda navbatlarini bo‘lisha olmay qolishgan. Shu vaqtda S.W. fuqaro K.D.ni ingliz tilida haqorat qilgani sabab janjal ko‘tarilgan, so‘ng uni urib tan jarohat yetkazgan.

Ta’kidlanishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanadi.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring