Toshkentda yo‘qolgan 13 yoshli qiz topildi
2007-yilda tug‘ilgan, Chilonzor tumanida yashovchi Farangiz Jumabayeva joriy yilning 21-noyabr kuni uyidan chiqib, noma’lum tarafga ketgani va bedarak yo‘qolgani haqida Toshkent shahar IIBB xabar tarqatgandi.
So‘nggi xabarga ko‘ra, Farangiz Jumaboyeva topilgan.
«Uning holati yaxshi, xavotirga o‘rin yo‘q. Farangiz Zangiota tumanidagi dugonasining uyida bo‘lgan. O‘smirning qidiruvida qatnashgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz», deyiladi IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter