Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yong‘in bo‘layotgan uydagi ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashladi

Toshkentda yong‘in bo‘layotgan uydagi ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashladi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in kelib chiqqani bois, ayol o‘zini to‘rtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, xonadondagi mebel jihozida (4 kv.m.) yong‘in kelib chiqqan. Natijada, mehmonga kelgan fuqaro S.A. uyning orqa tomonidagi derazaga chiqadi. FVV xodimlari tomonidan avtonarvon yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda ayolning qo‘llari toliqib, to‘rtinchi qavatdan o‘zini tashlaydi.

Fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazildi. Jabrlangan fuqaro travmatologiya bo‘limiga olib borilganda, u mast holda bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Hodisa oqibatida S.A.ga jiddiy jarohat yetmagan. Hozirda uning ahvoli o‘nglanmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring