Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yarim kechasi poyga uyushtirganlar ushlandi

Toshkentda yarim kechasi poyga uyushtirganlar ushlandi

Foto: Toshkent shahar YHXB

2018-yil 14-aprel kunidan 15-aprel kuniga o‘tar kechasi Toshkent shahar IIBB YHXB shaxsiy tarkibi tomonidan tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB xabar berdi.

Toshkent shahri hududida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmasdan katta tezlikda harakatlanayotgan, shuningdek, poyga uyushtirayotgan transport vositalariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

15-aprel kuni soat 01.19 larda, M.Ulug‘bek tumani, M.Ulug‘bek ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib yurgan «Kobalt rusumli avtoulov to‘xtatilib tekshirilganda, haydovchisi Z.O. avtoulovni spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarib yurgani aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

Shu kuni soat 00.05 larda, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib yurgan «Lasetti» rusumli avtoulov to‘xtatilganda, haydovchisi A.A. spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarib yurgani uchun unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

14-aprel kuni soat 18.05 larda Shayxontohur tumani, KXAY ko‘chasida katta tezlikda harakatlanib yurgan «Spark» rusumli avtoulov to‘xtatilganda, haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash to‘g‘risidagi ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlanib ketgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida to‘xtatilib, haydovchi Yu.Sh.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtinchalik jarima maydoniga qo‘yildi.

Bundan tashqari, tadbir davomida 7 ta spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqargan, 1 ta majburiy sug‘urta polisisiz, 2 ta YPX inspektori talablariga bo‘ysunmay harakatlangan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Ayni paytda bu borada tadbirlar davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring