Toshkentda uch mashina ishtirokida YHT sodir bo‘ldi

Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot berildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19 iyul kuni soat 22:00 larda Uchtepa tumani Shirin ko‘chasida;
2002 yilda tug‘ilgan M.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 3 rusumli avtomashinasi;
1993 yilda tug‘ilgan B.Z. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinasi;
2003 yilda tug‘ilgan O.A. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida Nexia 3 rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter