Toshkentda talaba metro poyezdi ostiga tushib ketdi

Bugun, 27-sentyabr kuni soat 13:49da Toshkent metropoliteni «Novza» bekatining ikkinchi yo‘liga Toshkent Iqtisodiyot universitetining 3-bosqich talabasi to‘satdan tushib ketgan. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Metropoliten hamda ichki ishlar xodimlarining tezkor harakati tufayli talaba o‘z vaqtida qutqarib olindi va tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga yuborildi.
Talaba shifoxonaga ketishdan oldin tobi qochganligi tufayli shunday voqea sodir bo‘lganligini va metropoliten xizmatining voqeada aybi yo‘qligini ta’kidlagan.
Voqea guvohlarining ma’lum qilishicha, metro bekatga kirib kelayotgan paytda talaba birinchi vagon ostiga tushib ketgan. Baxtli tasodif tufayli yigit omon qolgan va metropoliten hamda ichki ishlar xodimlarining ko‘rsatmalari ostida birinchi vagon relslar orasidan chiqib olgan. So‘ng u shifoxonaga olib ketilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter