Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda taksichiga pichoq tirab, pullarini olib qo‘yganlar ushlandi

Toshkentda taksichiga pichoq tirab, pullarini olib qo‘yganlar ushlandi

Foto: Tergov departamenti

28-aprel kuni soat 02:30 larda 20 yoshli N. Tohir va 18 yoshli K. Diyor poytaxtning Mirobod tumanida 21 yoshli A. Doniyorning boshqaruvidagi «Matiz»ga yo‘lovchi sifatida o‘tirishadi.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Qibray tumani Salar shaharchasiga yetib kelganlarida, haydovchidan avtomashinani to‘xtatishni so‘rab, uni pichoq tiqib o‘ldirish bilan qo‘rqitadi. Keyin uning yonidagi 3 mln so‘mni bosqinchilik yo‘li bilan olib, hodisa joyidan yashiringan.

Keyinroq, ulardan jami 1,4 mln so‘m ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.

Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N. Tohir va K. Diyorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi «b» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu turdagi jinoyatlar uchun qonunchilikda 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring