Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Spark» YXHB inspektorini urib yubordi (video)

Toshkentda «Spark» YXHB inspektorini urib yubordi (video)

Foto: «Xabar.uz»

31-may kuni kechasi Toshkent chorrahalarining birida YXHB inspektorini avtomashina urib yuborgan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqea Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu haqda «Repost.uz» sayti xabar berdi.

Videodan ko‘rinib turibdiki, inspektor piyodalar o‘tish joyidan svetoforning ogohlantiruvchi chiroqlari yonib-o‘chayotgan paytda o‘tishga harakat qilgan. Qatorda turgan avtomashinalardan biri esa, unga yongan yashil chiroqda o‘tishga harakat qilib, inspektorni ko‘rmay urib yuborgan.

Ma’lum qilinishicha, inspektor hodisa oqibatida kichik jarohatlar olgan va uning hayoti xavf ostida emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring