Toshkentda qulab tushgan bino bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda baland binoning qulab tushishi aks etgan video tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Bugun, 31-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt ko‘chalaridan birida binoning bir qismi qulab tushgani aks etgan video tarqaldi. Aslida, ushbu holat Toshkent shahar Yunusobod tumanining Amir Temur ko‘chasida joylashgan sobiq «Aurum» restorani joylashgan binoni rejali buzish ishlari aks etgan tasvirlardir.
Ma’lumot uchun, ushbu joyda ko‘p qavatli turar-joy binosi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlar barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda devor bilan o‘rab olinib, buzish ishlari amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter