Angrenda niqobli bosqinchilar guruhi qo‘lga olindi
Joriy yilning 26-fevral kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida to‘rt nafar niqobli shaxs D.M. ismli ayolning uyiga bostirib kirganlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, uyning hovlisida bo‘lgan D.M.ning kelini ularni ko‘rib, shovqin ko‘tarishi natijasida jinoyatchilar voqea joyidan hech narsa ololmay, qochib ketganlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida jinoyat sodir etgan shaxslarning barchasi qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvaroq, IIV Sirdaryoda haydovchiga hujum qilgan talonchi ushlanganini xabar bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter