Toshkentdagi mahallani suv bosdi (foto)
Bugun, 4 iyun kuni Toshkent shahar Sergeli tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Junariq» kanalida suv oqimining me’yoridan oshiq oqishi sababli suv toshishi hodisasi kuzatilgan.
Bu haqda FVV xabar bermoqda.
Natijada «Junariq» mahallasidagi ko‘chalar va bir nechta uylarga suv to‘plangan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar yetib borib, hodisa oqibatlarini bartaraf etmoqda.
Vaziyat nazoratga olingan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter