Toshkentda Isuzu avtobusi YTHga uchradi

Toshkentda Isuzu avtobusi yengil mashina bilan to‘qnashuv sodir etmaslik uchun simyog‘ochga borib urildi, deb xabar beradi «Toshshahartransxizmat».
Ma’lum qilinishicha, 15 iyun kuni soat 07:55 larda 7-Avtobus saroyi filiali haydovchisi 31 yoshli M.A. Isuzu rusumli avtobusni 56-yo‘nalishda Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab yo‘lovchilarsiz boshqarib borayotib, Xalqlar do‘stligi saroyi qarshisida piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashayotganida, o‘ng tomonidan yengil avtomobil keskin siqib o‘tgan. Natijada haydovchi o‘zidan oldinda to‘xtab turgan avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etmaslik uchun avtobusni chap tomonga burgan va yo‘l chetidagi temir simyog‘ochga borib urilgan. Hodisa natijasida jarohat olganlar yo‘q.
Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hamda «Toshshahartransxizmat» AJning Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish bo‘limi tomonidan xizmat surishtiruvi o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter