Toshkentda ikki qavatli yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi

17-yanvar, seshanba kuni soat 07:23 da Toshkent shahar Yangihayot tumani Chorbog‘ mahallasi, Yo‘ldosh-5 dahasidagi 8-uyda yong‘in kelib chiqdi. Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan zudlik bilan yong‘in o‘chirilgan.
Hech kimga tan jarohati yetmagani aytilmoqda.
Yong‘in natijasida xonadonning 45 kv.m. (jami: 340 kv.m.) maydoni saqlab qolingan. Yong‘inga sabab, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uy egasining yog‘ qizdirishi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter