Toshkentda IIB xodimi va fuqaro o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi
Toshkentda 23 aprel kuni Ichki ishlar boshqarmasi xodimi va fuqaro o‘rtasida janjal yuz berdi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, shu kuni taxminan soat taxminan 21.00 da Bektemir tumanida Toshkent shahar IIBB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi safdor xodimi N.Sh. bilan fuqaro J.S. o‘zaro gap talashib og‘zaki tortishgan.
«Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan, yakuni bo‘yicha qonuniy chora ko‘riladi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter