Toshkentda go‘sht orasidan qoradori chiqdi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtimizning Chilonzor tumanida o‘tkazgan navbatdagi tezkor tadbirlari davomida oldindan kuzatuvda bo‘lgan fuqaro boshqaruvidagi «Neksiya-2» rusumli transport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Ko‘zdan kechirish natijasida, transport vositasining orqa yukxonasida polietilen paketga o‘ralgan go‘sht mahsuloti ichiga yashirib qo‘yilgan jigar rangdagi o‘tkir hidli mumsimon modda borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan ekspertiza tekshiruvlari natijasida mazkur modda 108 gr.og‘irlikdagi «opiy» giyohvandlik vositasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter