Toshkentda gaz chaqnashi oqibatida bir kishi jarohat oldi

Bugun, 30-dekabr kuni soat 08:21 da Toshkent shahrining Mirobod tumanida S. Azimov ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 5-uyda xonadonlardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.
Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ushbu hodisada bir kishi jarohatlangan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalar vakillari jo‘nab ketgan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin daqiqalarda e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter