Toshkentda erkak masjidga qurol olib kirayotganda qo‘lga tushdi
Bugun, 1-iyul kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan masjidlardan biriga juma namozini o‘qish uchun kelgan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash uchun tuman IIO FMB xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari jalb qilingan.
Taxminan soat 12:45 larda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan xavfsizlik yuzasidan masjidga kirayotgan fuqarolarning yonida bo‘lgan buyumlari tekshirilgan vaqtda 1996-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan fuqaro R.M.ning qo‘lida bo‘lgan qora rangli «barsetka»sining ichida pnevmatik qurol va ovoz so‘ndirgich borligi aniqlangan.
Bundan tashqari unga tegishli bo‘lgan «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida taqiqlangan turli video materiallarni joylash orqali, o‘zining obunachilariga havola qilib kelganligi ma’lum bo‘lgan, deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida.
Hozirda har ikkala holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud texnik va adabiyotshunoslik ekspertizalariga taqdim qilish choralari ko‘rilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter