Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bir guruh voyaga yetmaganlar «tomosha ko‘rsatdi»

Toshkentda bir guruh voyaga yetmaganlar «tomosha ko‘rsatdi»

Ijtimoiy tarmoqlarda tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlangan va xavfli manyovrni amalga oshirgan shaxslarning videosi tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Joriy yilning 16-yanvarga o‘tar kechasi Olmazor tumani Yangi Olmazor ko‘chasida 2005 yilda tug‘ilgan Sh.S. (haydovchilik guvohnomasi mavjud emas) ijaraga olingan Monza rusumli avtomobilda davlat raqamini yechib harakatlangan. Harakatlanish jarayonida transport vositasida tanishlari 2006 yilda tug‘ilgan M.A., 2006 yilda tug‘ilgan M.L., 2009 yilda tug‘ilgan I.A.lar ham bo‘lgan va yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Transport vositasini boshqargan Sh.S. yo‘lovchilar M.L. va I.A.lar tanasini transport vositasidan chiqarib harakatlanishiga yo‘l qo‘ygan va ularning hayotini xavf ostiga solgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlarning ota-onasiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga («Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik») asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Transport vositasi jarima maydoniga qo‘yildi.

Shuningdek, transport vositasini boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidalari buzilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring