Toshkentda bir guruh «samuraylar» yugurib yurganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent ko‘chalarida bir guruh samuray ko‘rinishidagi fuqarolar yugurib yurgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan shahar IIBB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Yashnobod tumanida restoran ochilishi munosabati bilan yollangan aktyorlar maxsus kiyimlarda marosimga jalb qilingan.
«Aktyorlarning hatti-harakatlarida huquqbuzarlik alomatlari yo‘q», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter