Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayolning o‘ziga o‘t qo‘ygani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda ayolning o‘ziga o‘t qo‘ygani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Olmazor tumanida 41 yoshli ayol o‘zini yoqib yuborganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (O‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Ayol tan jarohati olganligi yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 may kuni taxminan soat 10-00 larda Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/4 dahasidagi savdo do‘konlaridan birining oldida, 1981 yilda tug‘ilgan D.Q. bir nechta fuqarolar bilan savdo qilish uchun joy talashib, yonida bo‘lgan yelim idishdagi benzinni ustiga quyib, o‘zini-o‘zi yoqib yuborgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring