Toshkentda ayol o‘zini yuqori qavatdan tashlab yubordi
Toshkentning Sergeli tumanida 39 yoshli ayol o‘zini 4-qavatdan o‘zini tashlab, joniga qasd qilgan.
Hodisa soat 22:30lar atrofida yuz bergan. 1981 yilda tug‘ilgan G.S. Sergeli-4 dahasida ko‘p qavatli uyning 2-qavatida yashasada, ishdan qaytib, uyiga kirmasdan 4-qavatga chiqqan va yo‘lak derazasidan o‘zini pastga tashlagan. Olgan og‘ir tan jarohatlari natijasida voqea joyida halok bo‘lgan.
Sergeli tumani prokurori o‘rinbosarining qayd etishicha, mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarni tekshirish yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter