Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda ayol erkak hamkasbini o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentda ayol erkak hamkasbini o‘ldirib qo‘ydi

Foto: Tergov departamenti

Joriy yilning 4-sentyabr kuni soat 00:30 atrofida 26 yoshli K.G.(ayol) o‘zi ishlab kelayotgan Yashnobod tumani Torariq ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida hamkasbini pichoqlab qo‘ydi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur oilaviy oshxonada ayol o‘zi bilan birga ishlovchi 28 yoshli, mast holatdagi M.S. (erkak) bilan o‘zaro janjallashib qoladi. O‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida, ayol oshxona pichog‘i bilan M.S.ning qorin qismiga bir marotaba zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, M.S. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida M.S.da «Qorin o‘ng old devorini teshib kirib jigarni shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati, ichki va tashqi qon ketish» kabi jarohatlar aniqlanganligi va ushbu jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari sifatida baholanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan K.G.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.G. protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring