Toshkentda 4 yoshli bola 4-qavatdan tushib ketdi

2019-yilning 20-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 4 yoshli bola nazoratsiz qoldirilgani sabab ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan tushib ketdi. Bu haqda Postda.uz xabar berdi.
N.K. zudlik bilan shifoxonaga olib borilib, tibbiy muolajalar ko‘rsatilganiga qaramasdan shifoxonada dunyodan ko‘z yumdi.
Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Chilonzor tumanida bir yarim yoshli bola buvisining uyida bo‘lgan vaqtda qarovsiz qolganida, tokchaga chiqib 4-qavatdagi xonadon derazasidan pastga tushib ketgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter