Toshkentda 21 yoshli yigit rashk sababli o‘z tanishini chavaqladi
Shu yilning 9-mart kuni soat 23:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Yuzrobod ko‘chasidagi kafeda 1999-yilda tug‘ilgan yigit N.Sh. 1998-yilda tug‘ilgan tanishi U.T. bilan bir qizga bo‘lgan rashk sababli o‘zaro janjallashgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Janjalda aziyat jiddiy tus olib, N.Sh. oshxona pichog‘i bilan U.T.ni tanasining turli qismlariga 8 marta jarohat yetkazib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan 10-mart kuni tuman prokuraturasi tomonidan N.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Aybdor ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter