Toshkentda 202 million so‘mlik go‘shtning puli bermay yurgan shaxslar qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBBga Qo‘yliq bozorida go‘sh sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan ariza kelib tushdi.
Unda aytilishicha, poytaxtning Olmazor tumanida yashovchi, M.T. va qo‘shnisi J.T bozorda go‘sht sotayotgan D.K.dan umumiy qiymati 202 milliondan ziyodroq pulga bir tonnadan ziyod qoramol go‘shti olgan.
Ammo go‘shtning pulini darhol qaytarishga shoshilmagan xaridorlar, keyinchalik bu fikrdan butunlay qaytgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida M.T. va J.T. hibsga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter