Toshkentda 19 yoshli haydovchi «Kaptiva»da yosh bolani urib yubordi
Shu yilning 4-iyun kuni taxminan soat 15.00 da Uchtepa tumani Qoziguzar ko‘chasida «Kaptiva» rusumli avtomobilning 19 yoshli haydovchisi Suxrob B. yo‘lni belgilanmagan joydan yugurib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. YTH natijasida tan shikastlari olgan 7 yoshli M.M. shifoxonaga yetkazilgan.
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
«Hurmatli haydovchilar! Avtomobil boshqaruvi davomida ehtiyot bo‘ling, turar-joylar atrofidagi yo‘llarga to‘satdan bolalar chiqib olishi mumkinligini unutmang. Ota-onalardan ham farzandlariga yo‘l harakati qoidalarini tez-tez eslatib turishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter