Toshkentda 18 yoshli yigitning mast holda avtomobil boshqarishi ayanchli yakun topdi

Joriy yilning 20-avgust kuni soat 23:00 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Sh.Rustavelli ko‘chasida haydovchi 2002-y.t. Sh.A. «Lasetti» rusumli transport vositasida mast holda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratuvchi bo‘lagida yoritish chiroqlari o‘rnatilgan temir simyog‘ochga urilgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, YTH natijasida, ushbu avtomobil yo‘lovchisi 19 yoshli I.Sh. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Avtomobil haydovchisi 18 yoshli Sh.A. va yo‘lovchisi 19 yoshli Q.K. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter