Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent xalqaro aeroportida 21 yoshli ayolni fohishalikka yuborayotgan shaxs ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida 21 yoshli ayolni fohishalikka yuborayotgan shaxs ushlandi

Foto: IIV matbuot xizmati

14-mart kuni Ichki ishlar vazirligi hamda Jizzax viloyati IIB tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Toshkent xalqaro aeroportida 35 yoshli N.Sh. BAAning Dubay shahriga 21 yoshli N.J. ismli ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Surishtiruvda N.Sh. Dubay shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi Shaxnoza ismli ayol bilan til biriktirib, uning ko‘magida N.J.ga aviachipta sotib olganligi va N.J. Dubay shahriga yetib borgandan so‘ng, avvaliga 3500 AQSh dollari ishlab berishi kerakligi aniqlandi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring