Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatidagi xonadonda sher bolalari saqlanayotgani aniqlandi

Toshkent viloyatidagi xonadonda sher bolalari saqlanayotgani aniqlandi

Toshkent viloyati Parkent tumanida xususiy xonadonda sherlar boqilayotgani haqida xabar berildi.

Bu haqda Ekologuz kanali xabar berdi.

«Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish NNT vakili, Parkent tuman Ekologiya boshqarmasi vakillari bilan borib ko‘rdik. Krasnogorsk shaharchasidan chiqib ketaverishda dala hovlilar bor ekan. Shularning birida ikkita sher (erkak va urg‘ochisi) va ularning bolasi boqilmoqda. Sherlar tor, qorong‘i yertulasimon joyda saqlanar ekan. Bolachasining bir ko‘zi parda bilan qoplangan. U ota-onasidan ajratib olingan. Uy egasining aytishicha sherlarning barcha hujjatlari mavjud (ammo ularni ko‘rmadik) Andijon hayvonot bog‘idan sotib olingan va Krasnogorskda xususiy hayvonot bog‘ini ochish uchun harakatida ekan. Ammo hali boqqa yer ajratilmagan. Sherlarning qorni to‘qdir balki, ammo 2 yildan buyon qorong‘i joyda saqlanayotgan sherlarni ko‘rib, yuragim ezilib ketdi.

Hayvonot bog‘i ochilgan taqdirda ham bor budini bugungi kunda sherlarning qornini to‘ydirishga sarflayotgan oila a’zlari undan qanchalik daromad ola olishadi? (Yopilgan Navoiy hayvonot bog‘iga kirish 5000 so‘m edi. Albatta, kelayotgan daromad bilan hayvonlarning qornini to‘ydirib bo‘lmasdi).

Hayvonot bog‘i ochilgunga qadar (qachon ochilishi noma’lum) sherlar tor qafasda qanchagacha yashashadi? Kelayotgan qish kunlarida ularning kasal bo‘lishi tabiiy, chunki yertula polida somon ham yo‘q edi. Shervachchaning ko‘zini esa zudlik bilan vetirinarga ko‘rsatish lozim. Eng maqbuli xususiy hayvonot bog‘ini ochishga bel bog‘lagan X.A. yer olib, bog‘ni ochgunicha, hayvonlarni Toshkent hayvonot bog‘iga ko‘chirish kerak. Hayvonlar taqdiriga Ekologiya qo‘mitasi va Ekopartiya ham befarq qolishmas, degan umiddamiz»,—deyiladi kanal ma’lumotida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring