Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida o‘rmonzor yondi (foto)

Toshkent viloyatida o‘rmonzor yondi (foto)

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Toshkent viloyati o‘rmon xo‘jaligining Piskent tumani hududida joylashgan Angren bo‘limida bir necha o‘rmonzorda yong‘in chiqdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Yong‘in Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgani aytilmoqda.

Yong‘in sabablari, oqibatlari va boshqa tafsilotlarni aniqlash maqsadida ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring