Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida erkak ayolning mashinasiga o‘t qo‘ydi

Toshkent viloyatida erkak ayolning mashinasiga o‘t qo‘ydi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Angrenda ayolga hujum qilishgani, keyinchalik avtomashinasiga benzin sepib, yoqib yuborishgani haqidagi murojaat tarqaldi.

Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, IIB tezkor xodimlari tomonidan gumonlanuvchi ushlangan, tegishli tartibda ta’sir choralari ko‘rilib, material sudga yuborilgan.

Qayd etilishicha, voqeaga gumonlanuvchi va ikkinchi tomon o‘rtasida 15 000 AQSh dollari miqdorda qarz oldi-berdi masalasi sabab bo‘lgan.

Yong‘in natijasida «Spark»ning orqa bufer qismi va chap chirog‘i yonib erigan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring