Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent tumanidagi YTHda Cobalt yonib ketdi

Toshkent tumanidagi YTHda Cobalt yonib ketdi

11-oktyabr, seshanba kuni soat 06:40 da Toshkent viloyati Toshkent tumani Ko‘ksaroy mahallasi hududidan o‘tuvchi Shifobaxsh suvlar ko‘chasi Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi.

FVV bergan ma’lumotga ko‘ra, TXAYda harakatlanib ketayotgan «Cobalt» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Gentra» rusumli avtomobilga to‘qnashib ketgan.

Hodisa natijasida Cobalt’da yong‘in ro‘y bergan.

Voqea joyiga Toshkent tumanidan 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 06:46 da yetib borib, yong‘in soat 06:48 da o‘rab olingan va soat 06:50 da o‘chirilgan.

Izoh: FVV bergan rasmiy ma’lumotda hodisadan jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring