Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent tumanida bir suruv qo‘y o‘g‘irlab ketildi

Toshkent tumanida bir suruv qo‘y o‘g‘irlab ketildi

Toshkent tumani, Qizg‘aldoq m.f.y., Qizg‘aldoq ko‘chasida joylashgan dala maydonidan qarovsiz yurgan jami bahosi 37.000.000 so‘mga teng bo‘lgan 37 bosh qo‘y o‘g‘irlab ketildi.

O‘g‘irlikni Zangiota tumanida yashovchi 1965-yilda tug‘ilgan R.R hamda Toshkent tumanida yashovchi 1977-yilda tug‘ilgan A.A. sodir etgani aniqlandi. O‘tkazilgan tadbir natijasida «shovvoz»lar ushlangan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan tuman ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, qo‘y o‘g‘riligi bo‘yicha 12-yanvar kuni Parkent tuman ichki ishlar boshqarmasiga shu tumanning «Soy» mahallasida yashovchi fuqaro M.F. ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda 12-yanvar kuniga o‘tar kechasi uning uyidan umumiy narxi taxminan 4.000.000 so‘m bo‘lgan besh bosh qo‘yini o‘g‘irlashganini bayon qilgan. Fuqaroning ta’kidlashicha, uning uyida shu kuni hech kim bo‘lmagan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Tezkor chora-tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni jabrlanuvchi M.F.ning qishloqdoshlari 1995-yilda tug‘ilgan R.A. hamda 1996-yilda tug‘ilgan X.M. sodir etganliklari aniqlanib, ular ushlandi.

Hozirda mazkur ikki ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring