Toshkent teleminorasini chaqmoq urishi hodisasiga rasmiy munosabat bildirildi
Kecha, 6-iyun kuni internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani bo‘yicha xabarlar va chaqmoq urishi jarayoni aks etgan fotosurat tarqaldi.
«Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» davlat unitar korxonasi mazkur hodisa yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi noqulay ob-havo sharoiti vaqtida Toshkent teleminorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq urish hodisasi sodir bo‘lmagan.
Toshkent teleminorasida Toshkent radioteleuzatish markazi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, bugungi kunda barcha texnik qurilmalar barqaror ishlamoqda va aholiga raqamli teleradiodasturlar uzluksiz tarqatib kelinmoqda.
Respublikamizning noyob arxitektura inshooti bo‘lmish Toshkent teleminorasi kuchli chaqmoq urishiga qarshi himoya tizimi va yerga ulanish konturlari bilan ta’minlangan. Shu sababli, chaqmoq urgan taqdirda ham, hech qanday xavf va havotirga asos yo‘q, deyiladi RRTM xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter