Toshkent shahar IIBBga bomba haqida xabar kelib tushdi
Kecha, 5-fevral kuni soat 18:18 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi L.K. mast holda 103-sonli aqli zaiflar maktab-internatida o‘qiyotgan o‘g‘li I.V.ni uyiga olib ketgani kelganida internat rahbariyati mast holda bo‘lgani uchun olib ketishiga ruxsat bermagan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, L.K. Toshkent shahar IIBBning 102 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, yuqoridagi maktab internati hududida bomba bor, deb yolg‘on xabar bergan.
Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga tuman IIB va huquqni himoya qiluvchi boshqa idora xodimlari yetib kelib, maktab-internat hududini tekshirganlarida xech qanday portlovchi moddalar va shubhali buyumlar topilmagan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yolg‘on xabar bergan L.K. ushlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter