Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent-Moskva yo‘nalishida uchayotgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi

Toshkent-Moskva yo‘nalishida uchayotgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi

«Aeroflot» aviakompaniyasi samolyoti chorshanba kuni ertalab Toshkentdan Moskvaga uchdi, lekin texnik sabablarga ko‘ra aeroportga qaytgan. Bu haqda Toshkent aeroporti vakiliga asoslanib, RIA «Novosti» xabar berdi.

«Aeroflot»ning SU-7103 reysi bugun Toshkent xalqaro aeroportidan jadvalga muvofiq soat 05.10da (Moskva vaqti bilan 03.10) Moskvaga jo‘nab ketdi. Texnik sabablarga ko‘ra, ekipaj uchish ayeroportiga qaytishga qaror qildi va soat 7.00 (5.00) da normal qo‘ndi», — dedi aeroport vakili.

Hozirda samolyot Toshkent xalqaro aeroportida, bortdagilardan hech kim zarar ko‘rmagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring