Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent – Istanbul – Toshkent reysi bugun bekor qilindi

Toshkent – Istanbul – Toshkent reysi bugun bekor qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Istanbul xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (kuchli qor, ko‘rishning yetarli darajada emasligi va uchish hamda qo‘nishga belgilangan cheklovlar) sharoiti tufayli, faqat 2022 yil 12 mart kungi HY273/HY274 Toshkent - Istanbul – Toshkent reysi bekor qilinadi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» AJ xabar berdi.

Bekor qilingan reys yo‘lovchilari 13 mart kuni qo‘shimcha reys bilan manzillariga yetkazilishi ma’lum qilingan.

«Uzbekistan Airways» AJ yo‘lovchilarni jadvaldagi har qanday o‘zgarishlar haqida qo‘shimcha ravishda xabardor qiladi. To‘g‘ri tushunishingizga umid qilamiz, deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring