Toshkent aeroportida uch kishini Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan viloyat DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorligida tezkor tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda fuqaro D.X. 3 nafar ayolga (1992, 1995 va 1999 y.t) o‘z hisobidan aviabilet sotib olib berib, ularni Turkiya Respublikasi Antaliya shahrida fohishalik qilishga yollab, Toshkent xalqaro aeroportida «Toshkent-Antaliya» yo‘nalishi orqali jo‘natayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter