Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkenda 4 mlrd. so‘mni «yeb yuborgan» dorixona boshqaruvchisi aniqlandi

Toshkenda 4 mlrd. so‘mni «yeb yuborgan» dorixona boshqaruvchisi aniqlandi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda «D.» MChJga qarashli dorixona boshqaruvchisi T.K. o‘ziga ishonib topshirilgan MChJga tegishli jami 4 mlrd so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlarini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Zangiotada 200 ming dollar yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring