To‘rtko‘lda 79 yoshli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida ayol kishi va uning yosh nabirasi o‘ldirib ketilgani haqida tarqalgan xabarlar rost bo‘lib chiqdi.
«Xabar.uz» so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, shu yilning 29-noyabr kuni ertalab to‘rtko‘llik 79 yoshli S. D.ning (ayol) murdasi qotillik alomatlari bilan o‘z xonadoni mehmonxonasidan topilgan. Shuningdek, voqea joyida ayolning 22 yashar nabirasi (qiz bola, talaba) tan jarohatlari (o‘tkir tig‘li jism bilan tanasiga bir necha marta urilgan) bilan yotgani ham aniqlangan.
Hozirda nabira kasalxonada. Unga yetkazilgan jarohatlar darajasini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Holat bo‘yicha qasddan odam o‘ldirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tezkor-tergov guruhi tuzilib, jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter