Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Topib olingan plastik kartada 60 mln so‘m bor ekan...

Topib olingan plastik kartada 60 mln so‘m bor ekan...

Foto: «Xabar.uz»

«Malika» savdo majmuasida joylashgan do‘konidan topib olingan plastik kartadan opa-singil salkam 60 mln so‘m yechib oldi.

Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 8-noyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 21 yoshli A.A. Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, joriy yilning 7 noyabr kuni unga tegishli bo‘lgan plastik kartasidan 58.984.000 so‘m miqdoridagi pullar noma’lum shaxs tomonidan yechib olinganligini ma’lum qilib, ushbu noma’lum shaxslarni aniqlashda va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyat opa-singillar — 27 yoshli Z.D. va 18 yoshli Z.M.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.D. va Z.M.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 169-moddasi 2-qismi «b» va «g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida, gumonlanuvchilar so‘roq qilinganlarida, Z.D. mazkur plastik kartani uzi operator bo‘lib ishlaydigan «Malika» savdo majmuasida joylashgan do‘konidan topib olganligini, keyinchalik esa topib olingan plastik karta to‘g‘risida o‘zining singlisi Z.M.ga xabar berib, birgalikda bankomat oldiga borib, tavakkal qilib parol tariqasida «7777» raqamini terishganliklari, shu tariqa plastik kartaning himoya kodini bilib olib, unda bo‘lgan pullarini yechib olganligini ma’lum qilishgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring