«Tolibon» Termizga raketa otganlar qo‘lga olinganini e’lon qildi
![«Tolibon» Termizga raketa otganlar qo‘lga olinganini e’lon qildi](https://static.xabaruz.com/crop/7/3/720_460_95_738677894.png)
Afg‘onistondan O‘zbekistonga raketa hujumlarini uyushtirgan guruh qo‘lga olingan.
Bu haqda Afg‘onistonning rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, jinoiy guruhning 3 nafar a’zosi o‘ldirilgan, 5 nafari hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 5-iyul kuni Termiz shahriga Afg‘oniston hududidan snaryadlar kelib tushgandi. Zabihulloh Mujohid hodisa yuzasidan bayonot berib aybdorlar qidirilayotganini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter